Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi

  • 24 fevral 2017, 08:40
  • 4 386
  • Jamiyat
  • Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 fevral kuni O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun O‘zbekistonga kelgan Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Asqar Maminni qabul qildi. Bu haqda O‘zA'ga tayanib Qalampir.uz xabar berdi.

    Davlat rahbari mehmonni qutlar ekan, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari, shu jumladan, savdo-iqtisodiy aloqalar barqaror va izchil rivojlanayotgani hamda mustahkamlanib borayotganini mamnuniyat bilan ta’kidladi.

    O‘zbekiston va Qozog‘iston rahbarlarining 2016 yil sentyabr oyida Samarqand shahridagi uchrashuvida erishilgan kelishuvlarga muvofiq o‘zaro savdo hajmini tubdan oshirish va nomenklaturasini kengaytirish, shuningdek, mamlakatlarimizning etakchi korxonalari o‘rtasida sanoat kooperasiyasini rivojlantirishga qaratilgan qator istiqbolli loyihalar hamkorlikda ishlab chiqilmoqda.

    2016 yil yakunlariga ko‘ra, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2 milliard dollardan ziyodni tashkil etgan. O‘zbekistonda qozog‘istonlik hamkorlar ishtirokida tuzilgan 230 dan ortiq kompaniya faoliyat yuritmoqda. Avtomobil va temir yo‘l transporti, aviatashuvlar sohalarida an’anaviy faol hamkorlik qilib kelinmoqda.

    Shavkat Mirziyoyev ikki mamlakat o‘rtasidagi samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada faollashtirish, buning uchun avvalo savdo, investisiyaviy texnologiyalar va transport-kommunikasiya sohalarida hamkorlik bo‘yicha aniq loyihalarni ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.

    Ikki mamlakat hududlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatish va mustahkamlash lozimligi, bu savdo va madaniyat sohalarida aloqalarni yanada rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratishi alohida ta’kidlandi.

    Asqar Mamin samimiy qabul uchun Prezident Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik izhor etdi va Qozog‘iston O‘zbekiston bilan keng ko‘lamli amaliy hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyor ekanini bildirdi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosarini qabul qildi