O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida bugun, 24 fevral kuni Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda Qalampir.uz yozmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov rahbarligida Qarshi va Shahrisabz shaharlarida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari bu ikki qadimiy shahar qiyofasini tubdan o‘zgartirib yubordi. Qarshi shahrining hududi 9 ming gektardan 17 ming gektarga, Shahrisabz shahrining hududi 3 ming 300 gektardan 4 ming 900 gektarga kengaytirildi.
2016 yilda Qashqadaryo ustidagi qadimiy Amir Temur ko‘prigi rekonstruksiya qilinib, daryoning ikki qirg‘og‘ida Qarshi ahli va mehmonlar dam oladigan so‘lim maskanlar barpo etildi. Toshkent – Qarshi yo‘nalishi bo‘yicha yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” tezyurar elektr poezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Shavkat Mirziyoyev o‘zining saylovoldi dasturida bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish, mamlakatning barcha hududlari qatori Qashqadaryo viloyati rivojini ham yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha ulkan reja va maqsadlarni bayon etgan edi. Prezident Qashqadaryoga tashrifi davomida ana shu rejalar ijrosi, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va istiqbolli loyihalar bilan tanishishi ko‘zda tutilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi