14:20 / 24.02.2017
7 178

O‘zbekiston aholisi 1,7 foizga ortdi

O‘zbekiston aholisi 1,7 foizga ortdi

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi mamlakatimizning 2017 yil 1 yanvar sanasiga ko‘ra demografik holati aks etgan ma’lumotlarni chop etdi. Unga ko‘ra, ayni vaqtda respublikadagi aholi soni 32 million 121 mingdan ortiqni tashkil qilmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning boshidagi ma’lumotdan 545,8 ming kishiga yoki 1,7 foizga ortganini ko‘rsatdi.

Aytish kerakki, shahar aholisining soni qishloq aholisi soniga qaraganda bir muncha ortgan. 2017 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra, umumiy aholining 50,6 foizi, ya’ni 16,2 million kishi shaharda istiqomat qilsa, aholining 49,4 foizi, ya’ni 15,9 millionga yaqin kishi qishloq joylarda yashaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston aholisi 1,7 foizga ortdi