16:17 / 24.02.2017
9 556

Mahmud Murodov Madaniyat vazirligining ilk rahbari bo‘ldi

Mahmud Murodov Madaniyat vazirligining ilk rahbari bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 fevral kuni “Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi. Mazkur farmonga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatiladi va uning negizida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tashkil etildi.

24 fevral kuni Madaniyat vazirligi va Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasiga rahbarlar tayinlandi. Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri direktori Mahmud Murodov O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri etib tayinlandi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.

Mahmud Murodov 1975 yilda musiqashunoslik mutaxassisligi bo‘yicha Toshkent Davlat konservatoriyasini tamomlagan. Mahmud Murodov 1970 yildayoq o‘qituvchilik faoliyatini boshlagan.

Mahmud Murodov 1978 yilda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida bo‘lim boshlig‘i, keyinchalik musiqiy ta’lim maskanlari boshqarmasi rahbari lavozimida ishlagan.

1985-1990 va 1992-1994 yillarda O‘zbekiston davlat filarmoniyasi direktori lavozimida ishlagan. 1990 yildan 1992 yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan.

Mahmud Murodov 2015 yil fevral oyida Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri direktori lavozimiga tayinlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mahmud Murodov Madaniyat vazirligining ilk rahbari bo‘ldi