20:14 / 24.02.2017
8 822

Shavkat Mirziyoyev yosh oilaning yangi xonadonida mehmon bo‘ldi

Shavkat Mirziyoyev yosh oilaning yangi xonadonida mehmon bo‘ldi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanidagi “Nukrobod” qishloq fuqarolar yig‘inining Yakka yog‘och massivida yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan arzon uy-joylarni borib ko‘rdi, deb yozmoqda “Qalampir” sayti.

Ushbu qarorga muvofiq Yakka yog‘och massivida er uchastkasi 2 sotix bo‘lgan uch xonali uylar qurildi. Bu uylarning foydalanish maydoni 63,5 kvadrat metr bo‘lib, unda ikkita yotoqxona, mehmonxona, oshxona, yuvinish xonalari va qozonxona mavjud. Hovlisida xo‘jalik binolari qurilgan.

Ikki qavatli 16 xonadonli turar-joy binolari ikki va uch xonali qilib qurilgan. Uylarda yotoqxona, mehmonxona, oshxona va yuvinish xonalari hududning iqlim sharoiti, sanitariya va xavfsizlik talablari, xalqimizning milliy hayot tarziga oid barcha jihatlar hisobga olingan holda barpo etilgan.

“O‘z uy-joyiga ega bo‘lish har bir inson hayotida qanchalik muhim ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. Xalqimiz uyi borning o‘yi yo‘q, deb bekorga aytmagan. Buning chuqur ma’nosi bor. Bunday uy-joylar taqsimotida xalqimizga xos haqiqat va adolat mezonlariga qat’iy rioya etilishi kerak”, deydi Prezident.

Qurilish materiallarining tannarxini kamaytirish hisobiga uylarning narxini yanada arzonlashtirish, tashqi injenerlik tarmoqlari – ichimlik suvi, ichki yo‘llar, elektr energiyasi va tabiiy gaz bilan ta’minlash, atroflarini obodonlashtirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.

Prezident yangi uy sohiblaridan biri Alisher Ahmedov xonadonida bo‘lib, bu erda yashash uchun yaratilgan qulay sharoitlar bilan tanishdi, dildan suhbatlashdi. Yosh oila a’zolari davlatimiz rahbariga e’tibori va g‘amxo‘rligi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev Mirmiron massividagi yangilangan namunaviy loyihalar asosida qurilgan uylarda istiqomat qiluvchi aholi uchun issiqxona tashkil etish loyihasi bilan tanishdi.

Ushbu issiqxona 25 gektar maydonda metal, taxta, plyonka va boshqa mahalliy qurilish materiallaridan foydalanilgan holda barpo etiladi. Bu erda limon, mandarin va papayya kabi sitrus mevalar, pomidor, bodring, gulkaram, har xil ko‘katlar etishtirilishi rejalashtirilgan. Ushbu loyiha amalga oshirilishi natijasida issiqxonada yiliga 3 milliard so‘mlik mahsulot etishtiriladi. Ularning bir qismi ichki bozor talablarini qondirsa, qolgani eksportga yo‘naltiriladi. Natijada aholi qish mavsumida ham arzon meva-sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlanadi. 229 ish o‘rni yaratilishi aholi turmush farovonligining ortishiga xizmat qiladi.

Prezident bunday issiqxonalarni qurish va ulardan foydalanishda zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash, ishga malakali mutaxassislar bilan birga kollej bitiruvchilarini ham keng jalb etish borasida zarur ko‘rsatmalar berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev yosh oilaning yangi xonadonida mehmon bo‘ldi