10:18 / 25.02.2017
6 379

Avstraliyada syorfchi odamxo‘r akula ta’qibidan omon qoldi (Video)

Avstraliyada syorfchi odamxo‘r akula ta’qibidan omon qoldi (Video)

Internetda syorfchi odamxo‘r akula sifatida ma’lum bo‘lgan katta oq akula ta’qibidan mo‘’jizaviy tarzda omon qolgani videosi paydo bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

Avstraliyaning Janubiy Uels shtati hukumati tomonidan tasvirga olingan voqea o‘tgan yozda Ballin shahri yaqinida yuz bergan.

Dron yuqoridan syorfchi keyingi to‘lqinni kutib suvga oyog‘ini osiltirib o‘tirganda uning yonidan bir metrdan kamroq masofada akula suzib o‘tganini tasvirga olgan. Videoda akula dastlab to‘lqin uzra uchayotgan boshqa bir syorfchini nishonga olgandek ko‘rinadi, biroq aniqlanishicha, u yaqinroqda joylashgan syorfchiga e’tiborini qaratgan.

Videoda akula ko‘rinishicha hech narsadan bexabar bo‘lgan syorfchi tomon to‘g‘ri suzib kelib, unga juda yaqin kelgani, biroq natijada yirtqich syorfchiga hamla qilish niyatidan qaytib, boshqa tomonga suzib ketganini ko‘rish mumkin.

Nashrning ta’kidlashicha, bu hududda 2014 yildan beri akulalarning odamlarga kamida 11 ta hujumi qayd qilingan va ulardan ikkitasi fojiali yakun topgan.
[media=https://youtu.be/WFz8d4mbmhM]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Avstraliyada syorfchi odamxo‘r akula ta’qibidan omon qoldi (Video)