11:46 / 25.02.2017
6 859

Futbolchi arilar haqida eshitganmisiz! Britaniyaliklar buning uddasidan chiqdilar

Futbolchi arilar haqida eshitganmisiz! Britaniyaliklar buning uddasidan chiqdilar

Qirolicha Mariya nomidagi London universiteti olimlari hasharotlar bir-birlarini kuzatib, o‘zaro tajriba almashishga qodirliklarini isbotlash uchun tukli arilarni "futbol" o‘ynashga o‘rgatdilar. Bu haqda Science nashriga tayanib Kun.uz xabar bermoqda.

Buning uchun arilar sharchani markazdagi doiraga olib borishlari kerak bo‘lgan "maydonchaga" joylashtirilganlar. Olimlar namuna sifatida arilarning rangiga o‘xshash bo‘lishi uchun qora-sariq chiziqli tayoqchalarni qo‘llab, arilarga nima qilish kerakligini ko‘rsatish berishgan.. Arilar topshiriqni to‘g‘ri bajargan har bir urinish uchun shirin sirop bilan "mukofotlanishgan".

Olimlar bir necha arini o‘rgatish ular qolgan arilarga o‘z ko‘nikmalarini ko‘rsatish uchun kifoya qilishini aniqlashgan. Natijada ma’lum vaqtdan keyin tajriba tayoqchalari yoki arilar harakatini kuzatgan boshqa arilar "futbol" bilan o‘zlariga shirinlik ishlab topishga "o‘rganib olganlar".

Maqolada aytilishicha, kuzatuv orqali o‘rganish bilim olishning eng murakkab shakllaridan biri hisoblanadi. Avvallari hasharotlar bunga qodir emaslar, deb hisoblab kelingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Futbolchi arilar haqida eshitganmisiz! Britaniyaliklar buning uddasidan chiqdilar