O‘zMTRKning «Toshkent» telekanalida efirga uzatiladigan «Poytaxt yo‘llarida» ko‘rsatuvida namoyish etilgan videolavha ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tomonidan keng muhokama qilinmoqda, deya yozmoqda «Darakchi.uz».
Videoda yo‘l-patrul xizmati (YPX) xodimlari tomonidan to‘xtatilgan avtomashina haydovchisi mast va tegishli hujjatlarsiz ekani ma’lum bo‘lgan. Haydovchi o‘z ismini aytishdan bosh tortgan.
Shunda Spark ichida o‘tirgan yo‘lovchi ayollardan biri YPX xodimini haqorat qila boshlagan. Videolavhada aytilishicha, u YPX xodimining jetonini ham yulib olgan.
Videoda ayol bu holatni inkor etayotgan bo‘lsa-da, ichki ishlar bo‘limiga olib borilganidan so‘nggina YPX xodimining jetonini qaytarib bergani aytiladi.
Mazkur videorolik Facebook’dagi «Voditeli Tashkenta» guruhiga joylanganidan so‘ng ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi. Aksariyat internet foydalanuvchilari YPX xodimiga qo‘pollik qilib, uni haqorat qilgan yo‘lovchini qoralamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?