12:51 / 25.02.2017
8 184

“Yosh fermer” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi

“Yosh fermer” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi

Samarqandda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Fermerlari kengashi hamkorligida “Vatanimiz taraqqiyoti uchun barchamiz birdek mas’ulmiz!” shiori ostida “Yosh fermer” ko‘rik-tanlovining yakuniy respublika bosqichi tashkil etildi.

Dastlab ko‘rik-tanlov ishtirokchilari O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ruhi poki mangu qunim topgan maskan Hazrati Hizr masjidini ziyorat qilishdi.

Ta’kidlash joizki, "Yosh fermer" tanlovi izlanuvchan, fidoyi, yurt taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan yosh fermerlarni aniqlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Tanlovning dastlabki bochqichlarida mamlakatimizning turli hududlaridan ming nafardan ortiq yosh fermer ishtirok etdi. Bellashuvning yakuniy bosqichida fermerlikda yuqori natijalarga erishayotgan, o‘z izlanishlari va tashabbuskorligi bilan yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga munosib hissa qo‘shayotgan 39 nafar yosh fermerlar o‘z bilim va salohiyatini sinovdan o‘tkazdi.

Ko‘tarinki ruhda tashkil etilgan mazkur tanlovning birinchi kunida ishtirokchilarning o‘z fermer xo‘jaliklarida etishtirgan qishloq-xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etilib, hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.

Tanlovda ishtirokchilarning mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida olib borayotgan ishlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish, undan mo‘l hosil olish, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklari tashkil etish va bu orqali xizmat ko‘rsatish tizimini yaratish, qishloq xo‘jaligiga ilg‘or innovasion texnologiyalarning jalb qilinganligi, erlarning meliorativ holatini yaxshilash borasidagi qo‘lga kiritgan yutuqlariga alohida e’tibor qaratildi.

Ko‘rgazma davomida fermer xo‘jaliklari rahbarlari, agrar sohada muayyan tajribaga ega mutaxassis-ekspertlar, olimlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, issiqxona, baliqchilik, asalarichilik, parrandachilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkor va dehqon xo‘jaliklari rahbarlari yosh fermerlarga zarur maslahat va tavsiyalar berishdi.

Abror Rabbimov, ko‘rik-tanlovning “GranPri” sovrindori, Samarqand viloyati Ishtixon tumanidagi "Domla Abroriy Umr" fermer xo‘jaligi rahbari: - Bugungi kunda fermerlik yo‘nalishida olib borilayotgan ulkan islohotlar, ayniqsa biz yosh fermerlarga berilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik, yaratib berilayotgan shart-sharoitlar bizlarga katta ma’suliyat yuklaydi. Fermer xo‘jaligimiz 2001 yilda tashkil etilgan. Ayni vaqtda fermer xo‘jaligimiz maydoni 77 gektarni tashkil etib, dastlab paxta va g‘alla etishtirganmiz. Fermerlarga ajratilayotgan imtiyoz va preferensiyalar natijasida fermer xo‘jaligimizni ko‘p tarmoqli xo‘jalikka aylantirib, ayni paytda 28 gektar maydonda g‘alla, 5,7 gektarga bog‘dorchilik, 10 gektar maydonda meva-sabzavot, poliz mahsulotlarini, 2,5 gektarga tutzor, 2 gektar joyda baliq etishtiryapmiz. Kelajakda imtiyozli kredit olib, o‘zimizda etishtiriladigan meva-sabzavot mahsulotlari, go‘sht va sutni hamda paxtani qayta ishlash sexlarini ishga tushirishni rejalashtirganmiz. Mazkur tanlov orqali ko‘plab do‘stlar orttirdim, tajribali yosh fermerlar bilan o‘zaro fikr almashdik. Bu esa kelajakdagi faoliyatimizni yanada rivojlantirishda katta xizmat qiladi.

Shuhrat Tashbulatov, ko‘rik-tanlovning 1-o‘rin sohibi, Surxondaryo viloyati “Shuhrat Muxtor” fermer xo‘jaligi rahbari: - Yurtimizda tadbirkorlik va fermerlik faoliyatini yo‘lga qo‘yaman degan har bir yosh har tomonlama qo‘llab-quvvatlanmoqda. Biz, yoshlarga yaratilayotgan bunday sharoitlar istiqlol tufayli ekanini yaxshi anglaymiz. Fermer xo‘jaligimizda 30 nafar kishi doimiy ish bilan ta’minlangan.

Fermerlik harakati aholi bandligini ta’minlash, turmush farovonligini oshirishning hal qiluvchi omillaridan biri. Dastlab faoliyatimizni 30 gektar er bilan boshlagan edik. Hozirgi kunda fermer xo‘jaligimizda qora mollar soni 100 boshdan oshib, aholimizni sifatli gusht va sut mahsulotlari bilan muntazam ta’minlab kelmoqdamiz. Shu tariqa daromadlarimizni oshirib borib, fermer xo‘jaligimizni ayni paytda ko‘p tarmoqli fermer xo‘jalikka aylantirdik, dehqonchilik,baliqchiliq, maishiy xizmat ko‘rsatish sohalarida faoliyat yurityapmiz. Joriy yilda faoliyatimizni yanada kengaytirish maqsadida 10 xil turdagi sut mahsulotlarini tayyorlash sexini ishga tushirishni rejalashtirganmiz.

Tanlov davomida meva–sabzavot, chorvachilik va parrandachilikka va boshqa yo‘nalishlarga ixtisoslashgan fermerlarning aholi farovonligi yo‘lida amalga oshirayotgan loyihalari bilan yaqindan tanishdik. Bugungi tanlovda bildirilgan ushbu yuksak ishonch tajribamizni oshirishga, ko‘proq izlanishga, yanada fidoyi va faol bo‘lishga undaydi.

Tadbirning ikkinchi kuni ishtirokchilar Samarqand tumanidagi “SamPromXolod”, “Agromir” qo‘shma korxonalari, “A’zam Azamat Agro”, “Istiqlol shu’lasi” ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklariga sayohat ham ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Ular bu maskanlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, qadoqlash, saqlash va eksport qilish, intensiv bog‘dorchilikni tashkil etish, yilning turli fasllarida sabzavot ekinlari etishtirish jarayonlari bilan tanishdi.

Tanlov yakuniga ko‘ra, Gran-prini Samarqand viloyatining “Domla Abroriy umr” fermer xo‘jaligi boshlig‘i A.Rabbimov qo‘lga kiritdi. Surxondaryo viloyati “Shuhrat muxtor” fermer xo‘jaligi rahbari Sh.Toshpo‘latov birinchi, Buxoro viloyatidagi “Qo‘chqor bobo” fermer xo‘jaligi rahbari X.Kamolov, Andijon viloyati “Doniyorbek bog‘i” fermer xo‘jaligi boshlig‘i D.Qodirov ikkinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

Tanlov ishtirokchilari bir qator qo‘shimcha nominasiyalar bo‘yicha rag‘batlantirildi.

O‘zLiDeP Matbuot xizmat

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Yosh fermer” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari aniqlandi