07:58 / 26.02.2017
6 720

NASA Marsning "yuragi" suratini namoyish qildi

NASA Marsning "yuragi" suratini namoyish qildi

NASA xodimlari Marsning tub tog‘ jinslarini ko‘rishga imkon beruvchi uning sirti suratini chop etishdi.

Olimlar suratga izohda Qizil sayyora asosan mayda o‘lchamli jinslar bilan qoplanganini, bu jinslar tagida esa tub jinslar yashiringanini ta’kidlab o‘tdilar. Suratda faqatgina qisman qum tepalar bilan qoplangan tub jinslarning qizg‘ish qatlamlarini ko‘rish mumkin, deb yozadi Kun nashri.

Tasvir High Resolution Imaging Science Experiment (HiRISE) kamerasi yordamida olingan. Ushbu kamera Mars Reconnaissance Orbiter koinot qurilmasi bortiga o‘rnatilgan. Qurilma Mars sirtidan 300 km balandlikda joylashgan.

HiRISE’ning tvitterdagi rasmiy akkauntida olimlar Marsning "qoq yuragini" tasvirga olishga muvaffaq bo‘lishganini ta’kidlab o‘tganlar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » NASA Marsning "yuragi" suratini namoyish qildi