12:35 / 26.02.2017
8 378

Qibray tumanidagi uyda yollanib ishlayotgan shaxs xonadon egasining Lacetti mashinasi, pullari va qimmatbaho buyumlarini o‘g‘irlab ketdi

Qibray tumanidagi uyda yollanib ishlayotgan shaxs xonadon egasining Lacetti mashinasi, pullari va qimmatbaho buyumlarini o‘g‘irlab ketdi

Toshkent viloyati, Qibray tumani «Yoshlik» MFYda yashovchi, ishlamaydigan, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaroning uyida yollanib ishlab yurgan, Chirchiq shahrida yashovchi shaxs uy bekasi uxlab qolganidan foydalanib, o‘g‘rilikka qo‘l urdi, deb yozmoqda Daryo nashri.

Jinoyatchi uydan 1 million 200 ming so‘m pul, 700 dollar, LG televizori, SONY rusumli fotoapparat, iPhone mobil telefoni va turli qimmatbaho zargarlik buyumlarini olib, uy egasining Lacetti avtomashinasiga yukladi va avtomashinani haydab voqea joyidan qochdi.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida mazkur jinoyatni sodir etgan, 1971 yilda tug‘ilgan shaxs aniqlanib, ushlandi.

Unga nisbatan tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qibray tumanidagi uyda yollanib ishlayotgan shaxs xonadon egasining Lacetti mashinasi, pullari va qimmatbaho buyumlarini o‘g‘irlab ketdi