12:16 / 27.02.2017
6 871

Surxondaryolik ayol tug‘ruqxonadan chiqishga ulgurmay, o‘z chaqalog‘ini sotishga urindi

Surxondaryolik ayol tug‘ruqxonadan chiqishga ulgurmay, o‘z chaqalog‘ini sotishga urindi

Tug‘ruqxonadan chiqishga ulgurmay, Surxondaryo viloyati fuqarosi o‘z chaqalog‘ini sotishga urindi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.

Nargiza ismli ayol (ismlar o‘zgartirilgan) so‘roq chog‘ida o‘z qizini sotishga majbur bo‘lgani, chunki uning otasi qizidan voz kechganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, eri o‘g‘il farzand tug‘ilishini istagan, oiladagi to‘rtinchi qiz boladan esa qutulishni so‘ragan.

Nargiza chaqaloqdan «qutulish» yo‘lini tug‘ruqxonadayoq o‘ylab qo‘ydi va bu haqda palatadoshlariga shipshidi. Ayolning uzoq kutishiga to‘g‘ri kelmadi. Hali tug‘ruqxonadan chiqib ulgurmay, bir ayol uning yoniga kelib, vositachilik qilishga tayyorligini aytdi.

Nargiza o‘z farzandi uchun 5 million so‘m talab qildi, ammo «xaridor»ning vositachi orqali etkazilgan so‘rovi bilan bir million so‘mga arzonlashtirdi.

Bir necha kundan so‘ng tomonlar «oldi-sotdi» amalga oshishi kerak bo‘lgan kafeda uchrashdi. Vositachi shartlashilgan pulni qoldirib, chaqaloqni olib ketdi, ammo u huquq-tartibot organlari xodimlari bilan birga qaytib keldi.

Gumonlanuvchi darhol o‘z aybiga iqror bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryolik ayol tug‘ruqxonadan chiqishga ulgurmay, o‘z chaqalog‘ini sotishga urindi