07:40 / 28.02.2017
6 469

O‘tgan hafta 1380 ta o‘quvchi besabab dars qoldirgan. Ota-onalarning ko‘zi qayerda?

O‘tgan hafta 1380 ta o‘quvchi besabab dars qoldirgan. Ota-onalarning ko‘zi qayerda?

Bugungi kunda voyaga etmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning yot g‘oyalarga aldanib qolishlarining oldini olish kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib bormoqda.

O‘zbekison Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev har haftaning payshanbasini jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni, deb e’lon qilish taklifini kiritgan edi.

Hafta davomida ichki ishlar organlari tomonidan olib borilayotgan jinoyatchilikka qarshi kurash tadbirlari payshanba kuni sarhisob qilinmoqda, deb yozadi Qalampir.uz.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasidan xabar berishlaricha, 16-23 fevral kunlari poytaxtdagi 27 ta maktab, 14 ta kasb-hunar kolleji va 11 ta akademik liseyda olib borilgan nazorat tadbirlarida 728 ta maktab, 520 ta kasb-hunar kolleji va 132 nafar akademik lisey o‘quvchilari, jami 1380 nafar o‘quvchi sababsiz ravishda darslarda qatnashmagani aniqlangan.

Poytaxt hududidagi 22 ta internet-klubda reyd tadbirlari olib borilgan. Natija shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘plab o‘quvchilar uydan maktabga, deb chiqib ketgan va dasrlarda ishtirok etmay, internet-klublardan qo‘nim topgan. Bu ham etmagandek, ularning asosiy qismi tun yarmigacha vaqtini klublarda o‘tqazgan. Ota-onalar esa bunga befarq munosabatda bo‘lgan. Ushbu holatlar yuzasidan internet-klublar egalari va ota-onalarga ham hujjatlar rasmiylashtirilib, tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘tgan hafta 1380 ta o‘quvchi besabab dars qoldirgan. Ota-onalarning ko‘zi qayerda?