23:21 / 01.03.2017
6 096

Havo kerakmasmi: Britaniyalik tog‘ havosini mo‘maygina pulga sotmoqda

Havo kerakmasmi: Britaniyalik tog‘ havosini mo‘maygina pulga sotmoqda

20 yildan beri Shveysariyada yashab kelayotgan uddaburon ingliz Jon Grin Alp tog‘laridagi tog‘ havosini idishlarga to‘plab, uni dunyoning havosi ifloslangan shaharlarida sotmoqchi, deb yozadi Kun.uz sayti.

Grinning aytishicha, u havoni juda mashhur tog‘ yonida joylashgan buloq yaqinidagi "maxfiy" joydan yig‘moqda. Havo yig‘iladigan joyni faqat xaridorlargina bila olishadi. Havo solingan idishga havo yig‘iladigan joyning GPS-koordinatalari va haqiqiylik sertifikati ilova qilinadi.


Foto: SWNS

"Agar sen ifloslangan shaharda yashasang, dizel bug‘laridan bo‘g‘ilsang, unda biz 3000 metr balandlikdagi tog‘ havosining yangi zaxiralarini oldik va uni senga yuborishga tayyormiz. Men havoni avtoturargohdan emas, balki haqiqatan ham 3000 metrga ko‘tarilib yig‘aman", deb aytgan Grin o‘z saytidagi promovideoda.

Shveysariyaning tog‘ havosini turli idishlarga solingan holda sotib olish mumkin: bunday havoning 3 litri 247 dollar, bir litri 167 dollar va yarim litri 96 dollardan taklif qilinmoqda.


Foto: SWNS

Loyiha muallifi tushgan pullardan 25 foizini Afrikadagi World Vision Clean jamg‘armasiga o‘tkazishga va’da berdi.

2015 yilda OAVda Xitoy Kanadadan sof havo sotib olayotgani ma’lum qilingandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Havo kerakmasmi: Britaniyalik tog‘ havosini mo‘maygina pulga sotmoqda