10:44 / 02.03.2017
7 148

Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan yong‘inda uy egasi halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan yong‘inda uy egasi halok bo‘ldi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida yashagan fuqaro A.Malikovaning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 100 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasinining kuygan holdagi jasadi topilgan hamda kelini kuyish tan jarohati olgan holda shifoxonaga yotqizilgan, deb xabar beradi O‘zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida yashovchi fuqaro O‘.Mamatovning uyida elektr isitish moslamasidan foydalanilib, nazoratsiz qoldirilishi oqibatida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 120 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Shu kabi Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yashovchi fuqaro R.Eshmatovning uyida isitish pechining dudburoni qizib ketishi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 90 kv.m. maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Bulardan tashqari Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro I.Dmitriev uyida mast holda sigareta chekib uxlab qolishi natijasida 2 kv. metr maydonda uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in oqibatida uy egasi kuyish tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qoraqalpog‘istonda sodir bo‘lgan yong‘inda uy egasi halok bo‘ldi