Turkiyada yuz bergan zilzilada 5 kishi jabrlandi

  • 02 mart 2017, 20:08
  • 4 826
  • Jamiyat
  • Turkiyada yuz bergan zilzilada 5 kishi jabrlandi

    2 mart kuni Turkiyaning janubida joylashgan Adiyoman viloyatidagi Samsat shahrida yuz bergan 5,5 magnitudali zilzila oqibatida kamida 5 kishi yengil jarohatlar oldi. Bu haqda NTV telekanaliga tayanib Kun.uz xabar berdi.

    Avvalroq Turkiyaning favqulodda vaziyatlar bo‘yicha agentligi soat 14:07 da (Toshkent vaqti bilan soat 16:07) markazi Samsat shahri yaqinida bo‘lgan zilzila haqida bergan. Shundan keyin 4,4 magnitudali yana 3 ta zilzila yuz bergan. Zilzilcha o‘chog‘i 11,3 km chuqurlikda bo‘lgan.

    Biroq Evropa-O‘rta er dengizi seysmologiya markazining ma’lum qilishicha, zilzila kuchi 5,8 magnitudani tashkil qilgan va o‘chog‘i 2 km chuqurlikda bo‘lgan.

    Ma’lum qilinishicha, shuningdek bir necha kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda. Samsat va yaqin atrofdagi qishloqlarda ko‘plab uylarga shikast etgan.

    Turkiya seysmik faol zonada joylashgan va bu erda yuz beruvchi zilzilalar ba’zida qurbonlarga olib keladi. Turkiyada eng kuchli zilzilalardan biri 1999 yilda Marmar dengizi hududida qayd qilingan. O‘shanda zilzila kuchi 7,4 magnitudani tashkil qilganva uning oqibatida 18 mingga yaqin kishi halok bo‘lgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Turkiyada yuz bergan zilzilada 5 kishi jabrlandi