Toshkent dizayn kollejining voyaga etmagan o‘quvchisi avtomobilda YTHga uchrab, ikki kursdoshining o‘limiga sababchi bo‘ldi

  • 02 mart 2017, 21:00
  • 5 557
  • Jamiyat
  • Toshkent dizayn kollejining voyaga etmagan o‘quvchisi avtomobilda YTHga uchrab, ikki kursdoshining o‘limiga sababchi bo‘ldi

    Toshkentda voyaga etmagan o‘quvchilar ishtirokida navbatdagi mudhish yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Dahshatli YTH oqibatida avtomobilda bo‘lgan uch kishidan ikkitasi vafot etgan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l-transport hodisalari bilan bog‘liq jinoyatlarni tergov qilish bo‘limi boshlig‘i Zoir Islomov ma’lum qildi.

    Mazkur YTH joriy yilning 27 yanvar kuni Chilonzor tumani Lutfiy va Farhod ko‘chalari oralig‘ida yuz bergan.

    Gap shundaki, Toshkent dizayn kollejining 2000 yilda tug‘ilgan o‘quvchisi akasiga tegishli Spark rusumli avtomobilni akasining ruxsati bilan haydab chiqqan.

    Toshkent dizayn kollejida o‘qiydigan kursdoshlari bilan ketayotgan voyaga etmagan haydovchi birdan rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetidagi katta daraxt bilan to‘qnashadi. Yo‘l-transport hodisasi natijasida haydovchi ham, yo‘lovchilar ham tan jarohati olgan. Yo‘lovchilarning tan jarohati og‘ir bo‘lgani sabab ikkisi ham YTHdan biroz muddat o‘tgach, vafot etgan.

    Mazkur YTH bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-modda 3-qismi “A” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Ma’lumot uchun, Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “A” bandiga ko‘ra, transport vositasi haydovchisi odam o‘limiga sabab bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum qilib, o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Bir yigitchaning avtomobil boshqarishga havasmandligi ortidan ikki oila jondan aziz farzandidan juda bo‘ldi. Bu oilaga ham to‘ylar yarashmasmidi. Xulosa o‘zingizdan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkent dizayn kollejining voyaga etmagan o‘quvchisi avtomobilda YTHga uchrab, ikki kursdoshining o‘limiga sababchi bo‘ldi