Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Toshkent viloyati Angren tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda kichik hajmli to‘pponcha sotishga uringan shaxsni qo‘lga olishdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston'ga tayanib Kun.uz xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, angrenlik 46 yoshli Baxtiyor Yo‘ldoshev avtoruchka ko‘rinishidagi to‘pponcha va uning 5,6 mm kalibrli to‘qqizta o‘qini sotishga uringan. U bu qurolni uzoq vaqt davomida uyida noqonuniy saqlab kelgan.
"So‘roq jarayonida Yo‘ldoshev ushbu qurolni bir paytlar SSSR qurolli kuchlari tarkibida Afg‘onistonda xizmat qilgan Angrenda yashagan notanish rus kishisidan olganini ma’lum qildi. Ballistik ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu avtoruchka-to‘pponcha o‘qotar qurol hisoblanadi hamda foydalanishga yaroqli holatda", — degan MXX xodimi.
Angren tumani IIB Baxtiyor Yo‘ldoshevga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 248-moddasi (Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Angren shahar sudi hukmiga ko‘ra B.Yo‘ldoshev 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi