16:22 / 03.03.2017
6 681

Shavkat Mirziyoyevning ilk xalqaro tashrifi Turkmanistonga bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyevning ilk xalqaro tashrifi Turkmanistonga bo‘ladi

Kecha, 2 mart kuni Turkmaniston poytaxti Ashxabod shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investisiya va savdo vaziri Elyor G‘aniev hamda Turkmaniston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qalampir xabar berdi.

Suhbatda ikki mamlakatning kelgusidagi hamkorlik rejalari haqida fikr yuritildi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublika Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning Turkmaniston Respublikasiga rasmiy tashrif amalga oshirishi masalalari ham ko‘rib chiqildi. Rasmiy tashrif oldidan imzolanishi kutilayotgan bir qator hujjatlar tayyorlandi.

Uchrashuv so‘nggida markaziy Osiyo ikki mamlakati o‘zaro do‘stona aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini bildirib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyevning ilk xalqaro tashrifi Turkmanistonga bo‘ladi