To‘rtko‘lda profilaktika inspektori uy bilan ta’minlandi

  • 03 mart 2017, 17:27
  • 4 672
  • Jamiyat
  • To‘rtko‘lda profilaktika inspektori uy bilan ta’minlandi

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning barcha sohalar xodimlariga, ayniqsa profilaktika inspektorlariga munosib turmush sharoitlarini yaratishga, ayniqsa ularni uy-joy bilan ta’minlashga qaratayotgan e’tibori o‘z samarasini bermoqda. Bu borada Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham bir qator ijobiy natijalarni ko‘rish mumkin, deb xabar beradi KRuz.uz.

    - Oilada 6 nafar farzand tarbiyalanganmiz va bitta turor-joyga ehtiyojimiz bor edi, dedi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumani Ichki ishlar bo‘limining huquqbuzarlikning oldini olish guruhi milisiya tayanch punkti profilaktika inspektori, leytenant Azizbek Omirbaev. – O‘zim 1991 yilda tug‘ilganim va yurtimiz mustaqilligi bilan tengdosh bo‘lganim sababli istiqlol g‘oyasi bilan tarbiyalanganman va shunday qudratli yurt farzandi ekanimdan g‘ururlanaman. Muhtaram Prezidentimizning profilaktika inspektorlariga qaratayotgan alohida e’tibori tufayli o‘zimga biriktirilgan ma’muriy hududtan, ya’ni, To‘rtko‘l tumani «Ullibog‘» OFY hududidan 3 xonali xizmat uyini olish baxtiga erishdim. Bu esa bizlarning kunu-tun xizmatda bo‘lishimizga, xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqat qilishimizga mustahkam zamin yaratmoqda.

    Darhaqiqat, yoshlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, profilaktika inspektorlariga alohida mehr va e’tibor bilan qarash, ularga munosib turmush sharoitlarini yaratish harqanday jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olishda, qolaversa, profilaktika inspektorlarining o‘z xizmat vazifalariga yondashuvini tubdan o‘zgartirishda muhim omil bo‘ladi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » To‘rtko‘lda profilaktika inspektori uy bilan ta’minlandi