17:46 / 03.03.2017
11 242

Toshkentda 21 yashli yigit temir seyfni buzib 5000 AQSh dollari va 5 million so‘mni o‘g‘irlab ketdi

Toshkentda 21 yashli yigit temir seyfni buzib 5000 AQSh dollari va 5 million so‘mni o‘g‘irlab ketdi

Toshkent shahar Uchtepa tumanida noma’lum shaxs 1965 yilda tug‘ilgan ayolning uyiga deraza orqali kirib, yotoqxonasidagi temir seyfni buzib ochib, ichidan zargarlik buyumlarini, 5 000 000 so‘m puli va 5 000 AQSh dollarini o‘g‘irlab ketgan. Bu haqda Qalampir.uz nashri xabar berdi.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Toshkent shahar Shayxontohur tumanida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan shaxs sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 21 yashli yigit temir seyfni buzib 5000 AQSh dollari va 5 million so‘mni o‘g‘irlab ketdi