Nyu-York, Hongkong va London turar-joy va idoralar ijara narxi bo‘yicha dunyoning eng qimmat shaharlari hisoblanadi. Savills Live-Work Index (Turar-joy va idora narxlari indeksi)ning yangi reytingi shundan dalolat beradi.
Tahlilchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, Nyu-Yorkda bir kishi uchun turar-joy va idora ijarasining yillik umumiy qiymati 111,9 ming dollarni tashkil qiladi, Hongkongda esa - 105,4 ming dollar.
Bir yil avvalgi reytingda dunyoning eng qimmat shahri deya e’tirof etilgan London shahri bu yilgi ro‘yxatning uchinchi pog‘onasidan o‘rin oldi. Kompaniyalar mahalliy ekspatlarga yiliga o‘rtacha 88,8 ming dollar sarflashadi.
Tahlilchilarning qayd etishicha, Britaniya poytaxti Nyu-Yorkka o‘z o‘rnini boy bergan vaqtda hali Brexit referendumi o‘tkazilmagan edi. Brexit'dan keyin esa funt kursining tushishi natijasida "kumush" ham qo‘ldan chiqarildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi