14:23 / 04.03.2017
12 845

Rossiyada bepul ta’lim olmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga imtihon kunlari e’lon qilindi

Rossiyada bepul ta’lim olmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga imtihon kunlari e’lon qilindi

Toshkent shahridagi Rossiya ta’lim va madaniyati markazi rasmiy saytida joriy yil 9-10 mart kunlari o‘tkaziladigan sinov imtihonlari jadvali e’lon qilindi.

"9 martdan 10 mart sanasiga qadar Toshkent shahridagi Rossiya ta’lim va madaniyati markazida gumanitar (ijodiy) yo‘nalishlar bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi", — deyilgan e’londa.

Test sinovlari Rossiya oliy o‘quv dargohlari vakillari ishtirokida o‘tkazilishi ta’kidlangan.

Imtihonlarga pasport, ruchka, kalkulyator va telefonsiz kelish so‘ralgan.

"Hujjatlar to‘plami test sinovlari yakuni bo‘yicha tayyorlanadi", — deb qo‘shimcha qilingan xabarda.


Eslatib o‘tamiz, 2016 yilning fevra oyida Rossotrudnichestvoning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Rossiy oliy o‘quv yurtlarida bepul o‘qish uchun ro‘yxatga olish boshlanganini e’lon qilgan edi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyada bepul ta’lim olmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolariga imtihon kunlari e’lon qilindi