16:01 / 04.03.2017
13 810

Toshkent shahrining qoq markazida ayol kishini kaltaklagan yigit qo‘lga olindi

Toshkent shahrining qoq markazida ayol kishini kaltaklagan yigit qo‘lga olindi

Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumanida noma’lum shaxs Mustaqillik shoh ko‘chasida bezorilik oqibatida mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari bo‘lgan 40 yoshli ayolni tepib, unga tan jarohat etkazib voqea joyidan yashiringan. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni M.Ulug‘bek tumanida yashovchi 1993 yilda tug‘ilgan shaxs sodir etganligi aniqlanib, u qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahrining qoq markazida ayol kishini kaltaklagan yigit qo‘lga olindi