07:40 / 05.03.2017
9 043

2016 yilda 753 nafar o‘zbekistonlik Turkiyaga kelin bo‘ldi

2016 yilda 753 nafar o‘zbekistonlik Turkiyaga kelin bo‘ldi

Turkiya Statistika idorasi ma’lumotiga qaraganda, o‘tgan 2016 yilda mazkur mamlakat chet ellardan 22583 nafar kelin olgan, deb yozmoqda Hilol.uz sayti.

Xorijlik kelinlarning eng ko‘pi – 6495 nafari suriyalikdir. Buni Suriyaning Turkiya bilan qo‘shni ekani, qolaversa, Turkiyada bir necha million suriyalik qochqin yashayotgani bilan izohlash mumkin.

Shuningdek, Germaniyadan 2644, Ozarboyjondan 2170, Rossiyadan 1445, Ukrainadan 1097 nafar kelin kelgan.
O‘zbekistondan esa 753 nafar ayol Turkiyaga kelin bo‘ldi.

Chet ellik kelinlar ro‘yxatining ilk o‘ntaligida Qirg‘iziston (638 nafar), Gruziya (595), Bolgariya (530) va Qozog‘iston (487) fuqarolari ham bor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2016 yilda 753 nafar o‘zbekistonlik Turkiyaga kelin bo‘ldi