15:40 / 05.03.2017
9 201

Qozon shahrida chaqalog‘ini chiqindi idishiga tashlab ketgan o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi

Qozon shahrida chaqalog‘ini chiqindi idishiga tashlab ketgan o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi

Tatariston poytaxti Qozon shahri huquq-tartibot organlari xodimlari 28 yoshli o‘zbekistonlik ayolni qo‘lga olishdi. U chiqindi idishiga o‘z chaqalog‘ini tashlab yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lganlikda gumon qilinmoqda, deb yozadi Kun.uz nashri.

U qotillik bo‘yicha ayblovni qisman tan olgan. Tergovning aniqlashicha, u shu shaharda yashab kelgan. U chaqaloqni dunyoga keltirgach, uni adyolga o‘rab, ko‘chada aylanib yurgan, keyin esa chiqindi idishiga tashlab ketgan.

Ayni vaqtda ayol hibsda saqlanmoqda.

27 fevral kuni ko‘cha tozalovchi shaharning Gabisheva ko‘chasidagi chiqindi idishidan chaqaloq jasadini topib olgandi. Ushbu holat bo‘yicha RF Jinoyat kodeksining 105 moddasi, 2-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qozon shahrida chaqalog‘ini chiqindi idishiga tashlab ketgan o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi