12:16 / 06.03.2017
10 143

Toshkentda 9 ta fohishaxona faoliyatiga nuqta qo‘yildi

Toshkentda 9 ta fohishaxona faoliyatiga nuqta qo‘yildi

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tomonidan 23 fevral – 2 mart kunlari jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika tadbirlari doirasida bir qator fohishaxonalar faoliyatiga nuqta qo‘yildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jaev 2 mart, payshanba kuni o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Toshxo‘jaevga ko‘ra, fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish, fohishalik bilan shug‘ullanish, jamoat joylarida spirtlik ichimliklar iste’mol qilinishini oldini olish maqsadida, o‘tkazilgan profilaktik tadbirlar davomida 9 ta fohishaxona saqlash va qo‘shmachilik qilish jinoyatlari aniqlanib, Jinoyat kodeksining 131-moddasi tartibida jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Fohishalik bilan shug‘ullanib kelayotgan 15 nafar, jamoat joylarida spirtli ichimlik iste’mol qilgan 900 nafar shaxslarga nisbatan ma’muriy ta’sir choralari ko‘rilgan.

O‘z uyida fohishaxona saqlash bilan bog‘liq holat Toshkent shahar, Olmazor tumani Qora qamish ¼ dahasida qayd etilgan. Keksa fuqaro bor-yo‘g‘i 50 ming so‘m pul uchun bir erkak va bir ayolni o‘zi uyiga qo‘ygan. Bu esa huquq-tartibot organlari xodimlarining e’tiborini tortgan. 2 mart, payshanba kuni jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika tadbirlari davomida Olmazor tumanidagi 165-umumiy o‘rta ta’lim maktabida sayyor yig‘ilish o‘tkazilib, mahalla fuqarolar yig‘ini va aholi ishtirokida muhokama o‘tkazildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 9 ta fohishaxona faoliyatiga nuqta qo‘yildi