09:06 / 07.03.2017
14 813

UMS 8 martga bag‘ishlab bayram syurprizlarini tayyorladi

UMS 8 martga bag‘ishlab bayram syurprizlarini tayyorladi

UMS mobil operatori barcha ayollarni baxorning ilk bayrami bilan tabriklaydi va Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlab aksiyalar va web-loyihani taqdim etdi.

Nafosat sohibalarining bayramigacha bor-yo‘g‘i bir kun qoldi. UMS kompaniyasi ushbu ajoyib sanaga yaxshilab tayyorgarlik ko‘rdi hamda barcha xotin-qizlarga bayram tabriklari va xushomadlarni olish, qarindoshlari va yaqinlari, ish hamkorlari va hamkasblari bilan faol suhbat qurishlari uchun imkoniyat yaratdi.

Hususan, 7-9 mart kunlari kompaniya abonentlari bo‘lgan va ma’lum tarif rejalaridan foydaladigan xotin-qizlar 120, 180 va 300 daqiqalik ovozli to‘plamlarni ikki baravar arzonga faollashtirishlari mumkin. Masalan, 180 daqiqalik to‘plamning asl narhi $2,5ni tashkil etayotgan bo‘lsa, bayram kunlari uni atigi $1,25ga ulab bo‘ladi. Har bir to‘plamning amal qilish muddati 30 kunni tashkil etadi. Bunda xarid qilinayotgan ovozli to‘plamlar soni cheklanmagan.

7-8 mart kunlari UMSga ulangan, shuningdek, kompaniya ofislarida xizmatlardan foydalangan xotin-qiz abonentlar bayram kuni (8 mart soat 23:59gacha) mutlaqo bepul suhbat qurish imkoniyatiga ega bo‘lishadi. Cheksiz qo‘ng‘iroqlar O‘zbekistonning barcha mobil operatorlari va shahar raqamlariga qo‘ng‘iroqlar uchun mo‘ljallangan.

UMSning yana bir bayramona loyihasi web-makonda ishga tushdi. U O‘zbekistonning taniqli ayollari haqidagi ma’lumotni o‘z ichiga olgan 8mart.uz ijtimoiy saytidir. Bundan tashqari, veb-resursga kirgan barcha xotin-qizlar O‘zbekistonning eng ko‘zga ko‘ringan erkaklaridan bayramona tabriklar olishlari va ushbu tabriklarni Facebook tarmog‘iga joylashtirishlari mumkin.

Xurmatli erkaklar, shoshiling va UMS bilan birga xotin-qizlarga noyob bayramona sovg‘alarni bering!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » UMS 8 martga bag‘ishlab bayram syurprizlarini tayyorladi