19:38 / 08.03.2017
7 657

Jarima o‘rniga gul: Toshkentda ayol haydovchilarga gul sovg‘a qilishmoqda

Jarima o‘rniga gul: Toshkentda ayol haydovchilarga gul sovg‘a qilishmoqda

Xalqaro xotin-qizlar kunida Toshkent shahrida Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari nafaqat qoidabuzarlarni aniqlash, balki ayol haydovchilarni 8 mart bayrami bilan ham tabriklash uchun ham shahar ko‘chalariga chiqishdi. Bu haqda Kun.uz xabar berdi.

"Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ayollar rulda ko‘proq mas’uliyatli, ehtiyotkor va hushyorroq bo‘ladi. Ayollar yo‘l-transport hodisalariga kamroq uchrashadi. Ajoyib bahor bayramida xodimlarimiz aziz ayollarni qutlash va gullar taqdim etishga qaror qilishdi", - deya aytib o‘tishgan Toshkent IIB YHXB matbuot xizmatida.

YHXB xodimlari haydovchi ayollarni hujjatlarni tekshirish bahonasida to‘xtatishdi, so‘ng ularni bayram bilan chin dildan tabriklab, gullar hadya qilishdi. Ayollarning ko‘pchiligi ichki ishlar xodimlaridan bunday ajoyib syurprizni kutishmaganini tan oldi.







arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jarima o‘rniga gul: Toshkentda ayol haydovchilarga gul sovg‘a qilishmoqda