09:57 / 09.03.2017
6 373

O‘quvchi uy topshirig‘ini bajarish vaqtida antiqa samolyot topib oldi

O‘quvchi uy topshirig‘ini bajarish vaqtida antiqa samolyot topib oldi

Daniyalik 14 yoshli o‘quvchi Daniel Kristiansen va uning otasi ichida uchuvchi suyaklari bo‘lgan Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi samolyotni topib oldi, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

O‘smir tarix darsidan uy topshirig‘ini bajarish maqsadida metall qidirgich yordamida darsga olib borish mumkin bo‘lgan buyumlarni qidirgan. Natijada o‘quvchi 8 metr er ostida temirning katta bo‘laklarini aniqlagan.

Bolaning otasi topilmani qazib olish uchun qo‘shnisidan ekskavator olgan.

Aniqlanishicha, topilma 1944 yil oxirida falokatga uchragan Messerschmitt nemis qiruvchi samolyoti fyuzelyajining bo‘laklari bo‘lgan.

"Avval biz loy bilan birga metall bo‘laklarni qazib olishni boshladik, keyin esa suyaklar va kiyimlarga yo‘liqdik", deb aytmoqda bolaning otasi.

O‘smir bobosining 1944 yil noyabri yoki dekabrida bu erda nemis samolyoti qulagani haqidagi hikoyasini esga olgan. "Men buni shunchaki hazil deb o‘ylardim", deb aytgan o‘smir.

Ayni vaqtda voqea joyida sapyorlar ishlamoqda, ular o‘q-dorilarni zararsizlantirishlari kerak. Samolyot qoldiqlarini o‘rgana boshlagan Shimoliy Yutlandiyadagi tarix muzeyi yaqin orada uchuvchining shaxsini aniqlashga umid qilmoqda. "Biz uchuvchining hujjatlarini topdik", deb aytmoqda muzey xodimi.

Tarixchilarning fikricha, samolyot yaqin orada joylashgan Olborg shahridagi mashg‘ulot aviabazasidan havoga ko‘tarilgan. Ushbu topilma haqida Germaniyaning Daniyadagi elchixonasi xabardor qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘quvchi uy topshirig‘ini bajarish vaqtida antiqa samolyot topib oldi