11:23 / 10.03.2017
8 482

O‘zbekistonliklar tez orada Polshada ishlashlari mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonliklar tez orada Polshada ishlashlari mumkin bo‘ladi

O‘zbekiston Mehnat vazirligi delegasiyasi hamkorlik masalalarini muhokama qilish uchun Polshada TRADMA, HR AGENCIA, EL-IN, JP CONSTRUCT kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Shuningdek, delegasiyaning Lodz va Lyublin viloyatlari gubernatorlari bilan ham uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Bu viloyatlar Polshaning tekstil va qishloq xo‘jalik sohasidagi etakchi hududlari hisoblanadi. O‘zbekiston Mehnat vazirligi tashqi mehnat migrasiyasi masalalari agentligi rahbari o‘rinbosari Xo‘jabahlil Asomov Polsha vakillarini agentlikning tuzilish tarixi, uning maqsad va vazifalari, O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash va ta’lim tizimi bilan tanishtirdi.

Lodz va Lyublin viloyatlari gubernatorlari Aleksey Baginskiy va Pshemislav Charnek yig‘ilganlar e’tiborini qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, tekstil va oziq-ovqat sanoatida malakali kadrlar etishmasligiga qaratishdi hamda o‘zaro hamkorlikka tayyor ekanliklarini bildirishdi.

Ular o‘zbekistonlik ishchilar tez fursatlarda kelib mehnat qilishlarini ta’minlash uchun mehnat faoliyatiga ruxsatnoma berish jarayonini tezlashtirish va soddalashtirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi.

Shuningdek, Lyublin tadbirkorlari Biznes klubi vakillari va TRADMA kadrlar agentligi rahbari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda tomonlar samarali hamkorlik qilishga kelishib oldilar.

Polsha vakillari kelgusida O‘zbekistondan nafaqat malakali ishchilarni ishga qabul qilishi, balki Polsha kompaniyalari ham respublika iqtisodiyotiga sarmoya kiritishiga umid bildirdilar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonliklar tez orada Polshada ishlashlari mumkin bo‘ladi