Qashqadaryo viloyati Muborak tumanida yashovchi 65 yoshli qariya tuman prokuroridan 15 ming dollar pul talab qildi, deb yozadi «1news.uz».
“Huquq” nashri xabariga ko‘ra, qariya tuman elektr korxonasi ustidan prokurorga shikoyat qilgan, prokuratura shikoyatni o‘rganib, qonuniy hal etgan. Biroq shikoyat yozish orqali odamlardan pul undirishga odatlangan qariya bu gal moddiy manfaat ko‘rmagan.
Shu bois u elektr korxonasini qonuniy tekshirmadi degan da’vo bilan tuman prokurori ustidan shikoyat yoza boshlagan. Shikoyatlarni to‘xtatish evaziga esa tuman prokuroridan 15 ming dollar talab qilgan.
Qayd etilishicha, 65 yoshli fuqaro vositachi orqali 5 ming dollar olayotganda huquq organlari tomonidan ushlangan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Muborak tumani sudi fuqaroga 3 yil ozodlikdan cheklash va eng kam oylik ish haqining 10 baravari miqdorida jarima tayinlagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroildan yuz o‘girdimi? Netanyahu Vashingtonga bormaydi
Rossiya ombudsmani: “Dunyo Moskva yaqinidagi terakt tashkilotchilarini topish yo‘lida birlashishi kerak”
Netanyahu Isroil delegatsiyasining AQSHga safarini bekor qildi
«Krokus»dagi hujum bo‘yicha sakkizinchi ayblanuvchining ismi oshkor qilindi
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi