16:06 / 15.03.2017
6 610

Rossiya maktablarida uyali aloqa signali bloklanadi

Rossiya maktablarida uyali aloqa signali bloklanadi

Rossiyada maktab o‘quvchilarining mobil gadjetlarga haddan ziyod qiziqishi muammosini hal qilish va ularning olayotgan baholari ob’ektivligini oshirish uchun qonunchilar o‘quv muassasalarida radiosignal blokiratorlarini o‘rnatishni ma’qullashdi. O‘qituvchilarning ta’kidlashicha, gadjetlar dars vaqtida o‘quv jarayoniga halaqit beradi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

Bugunga qadar blokatorlarni qo‘llash yoki qo‘llamaslik haqidagi qaror bevosita mahalliy hukumatlar tomonidan qabul qilinayotgan edi. Endi esa bu talab federal bosqichga olib chiqilgan. O‘quv muassasalarida qanday uskuna o‘rnatiladi, uni qaysi tamoyillarga ko‘ra tanlashadi va xarid qilishadi, hozircha noma’lum.

G‘oyani amalga oshirishga bir muammo to‘siq bo‘lishi mumkin: blokiratorlarning ta’sir doirasi o‘quv muassasi hududi bilangina chegaralanmaydi, demak, okrugdagi barcha mobil aloqa signallari bloklanadi. Qurilmaning narxi qimmatligi inobatga olinsa, uni qo‘llashdan voz kechilishi ham mumkin. Amalda bu yaqin atrofda yashovchi aholiga jiddiy tashvish tug‘diradi, masalan ular zarur vaqtda shifoxonaga qo‘ng‘iroq qilib tusha olmasliklari mumkin. Amaldorlar bu borada qanday qaror qabul qilishlari hozircha noma’lum.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiya maktablarida uyali aloqa signali bloklanadi