16:02 / 16.03.2017
6 655

Inson huquqlarini olgan daryo haqida eshitdingizmi?

Inson huquqlarini olgan daryo haqida eshitdingizmi?

Yangi Zelandiyadagi Uonganui daryosi dunyodagi inson huquqlarini olgan ilk daryoga aylandi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Uonganuilik mahalliy maori qabilasi daryoning o‘zining ajdodi deb hisoblaydi va uni tirik jonzot deb tan olishlari uchun 140 yil davomida kurashib keldi.

Yangi Zelandiya parlamenti tomonidan qabul qilingan yangi qonunda Uonganuiga etkazilgan zarar qabilaga etkazilgan zararga tenglashtirildi. Bundan tashqari, daryo ikkita vasiyga ega bo‘ldi: mamlakat hukumati va qabila.

Yangi Zelandiyada daryoga inson huquqlarini berish bo‘yicha sud jarayoni mamlakat tarixidagi eng uzun jarayonga aylandi, deb xabar qiladi Guardian. Nashrning yozishicha, endilikda boshqa mahalliy qabilalar ham ular uchun muqaddas bo‘lgan tabiiy ob’ektlarni tirik jonzotlarga tenglashtirishlarini talab qilishlari mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Inson huquqlarini olgan daryo haqida eshitdingizmi?