12:10 / 17.03.2017
6 585

Fotosessiya paytida modelni poezd urib ketdi

Fotosessiya paytida modelni poezd urib ketdi

Texas shtati, Navasota shahrida poezd relsi ustida amalga oshirilayotgan fotosessiya chog‘ida model vafot etdi. Bu haqda “Qalampir.uz” xabar berdi.

Fredzaniya Tompson ismli 19 yoshli qiz poezd relslari ustida kerakli rakursni tanlayotib, katta tezlikda yaqinlashgan poezdni ko‘rgan va ikkinchi yo‘lga o‘tgan. Biroq, shu holatda u orqasidan yana bir poezdning kelayotganini ko‘rmay qolgan.

Fredzaniya olingan o‘ta og‘ir jarohatlar tufayli, o‘sha joyning o‘zida vafot etgan. Fredzaniya homiladorlikning ikkinchi oyida bo‘lgan.

Falokat chog‘ida suratchiga zarar etmagan.

OAVda aytilishicha, uzoqdan rels ustida odamlar bor ekanini ko‘rgan mashinistlar signal berishgan, yaqinlashayotib, poezdni to‘xtatishga harakat qilgan. Biroq, yuzlab vagonlardan iborat poezdni to‘xtatishning imkoni bo‘lmagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, marhuma talaba bo‘lgan. O‘qishni tashlab, model bo‘lish orzusida agentliklardan biri uchun tayyorlayotgan fotosessiya fojea bilan yakun topgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Fotosessiya paytida modelni poezd urib ketdi