Toshkentlik talaba rashk sababli sevgan qizini pichoqladi

  • 17 mart 2017, 12:59
  • 8 478
  • Jamiyat
  • Toshkentlik talaba rashk sababli sevgan qizini pichoqladi

    Bu kabi ayanchli holatlar to‘g‘risida Toshkent shahar IIBB tomonidan navbatdagi "payshanbalik" doirasida o‘tkazilgan matbuot brifingida ma’lumot berilgan, deb yozadi Sof.uz sayti.

    "Hafta davomida voyaga etmaganlar o‘rtasida oltita og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilganligi ayanchli holat. Ana shundaylardan biri 2017 yilning 10 mart kuni soat 11:30 larda sodir bo‘ldi. 1995 yilda tug‘ilgan Toshkent Davlat texnika universiteti 1-kurs talabasi Toshkentdagi kollejlardan birining o‘quvchisini rashk sababli, oshxona pichog‘i bilan tanasining turli qismiga bir necha marotaba jarohat etkazgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, qizning hayoti xavf ostida emas", — deyiladi xabarda.

    Holat yuzasidan Shayhontohur tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat kodeksining 25, 97-moddalari, ya’ni qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish jinoyati bilan ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Holatda aniqlanishicha talaba yigit sevgilisining telefonini tekshirib, uni undan boshqa odamlar bilan gaplashayotganini bilib qolgan, va bu holat bir necha bor takrorlangach jahl ustida uni pichoqlagan. O‘zi esa uksus ichib o‘rtog‘iga telefon qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, qizning hayoti saqlanib qolgan.

    Hafta davomida shuningdek 4 nafar kollej o‘quvchisi ikki nafar tengdoshini do‘pposlab, ulardan birining bel sohasiga hayot uchun xavfli bo‘lgan tan jarohati etkazgani aniqlandi.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 104-moddasi, ya’ni bezorilik oqibatida qasddan badanga og‘ir shikast etkazish jinoyati alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkentlik talaba rashk sababli sevgan qizini pichoqladi