Sankt-Peterburgda pora undirolmagan polisiyachilar O‘zbekiston fuqarosining pasportiga haqoratli so‘zlarni yozib qo‘ydi

  • 17 mart 2017, 19:49
  • 5 879
  • Jamiyat
  • Sankt-Peterburgda pora undirolmagan polisiyachilar O‘zbekiston fuqarosining pasportiga haqoratli so‘zlarni yozib qo‘ydi

    O‘zbekistonlik K. Sh. pasportiga haqoratli so‘zlarni yozib qo‘ygan Sankt-Peterburg polisiyachilari ustidan arz qildi, deb yozmoqda Hilol.uz sayti.

    14 mart kuni ishdan qaytayotganida uni polisiyachilar to‘xtatib, hujjatlarini tekshirgan. K. Sh.ning hujjatlarida hech qanday kamchilik topilmagan.

    Jabrlanuvchining aytishicha, polisiyachilar undan pora talab qilgan. Biroq rad javobini olgach, o‘zbekistonlik migrantning pasportiga sharikli ruchka bilan tilga olib bo‘lmaydigan haqoratli so‘zlarni yozib qo‘ygan.

    Ushbu voqea Sankt-Peterburg shahri Pushkin tumaniga qarashli Shushari posyolkasida yuz bergan.

    O‘zbekistonlik migrant quyushqondan chiqqan polisiyachilar ustidan huquq-tartibot organlariga arz qildi. Unga munisipal deputat Artyomiy Galisin yordam bermoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Sankt-Peterburgda pora undirolmagan polisiyachilar O‘zbekiston fuqarosining pasportiga haqoratli so‘zlarni yozib qo‘ydi