09:56 / 18.03.2017
9 111

Xalq ta’limi vazirligi: 20 martdagi dars soatlari bahorgi ta’tildan so‘ng o‘tiladi

Xalq ta’limi vazirligi: 20 martdagi dars soatlari bahorgi ta’tildan so‘ng o‘tiladi

Navro‘z bayrami arafasida 18 mart shanba dam olish kuni ko‘chirilgani xabar qilingan edi. Qarorga ko‘ra, O‘zbekistonda 19, 20, 21 mart kunlari dam olish kunlari deb e’lon qilindi.

Xalq ta’limi vazirligi ushbu qaror yuzasidan axborot berib, umumta’lim maktablarida 20 mart kuni dars bo‘lmasligi, dam olish kuni ekanini ma’lum qildi.

20 mart kuni dam olish kuni deb e’lon qilinganligi hamda umumta’lim maktablarida shu yilning 21 martidan 27 martigacha bahorgi ta’til bo‘lishi munosabati bilan 20 martdagi dars soatlari bahorgi ta’tildan so‘ng 28-31 mart kunlari amaldagi darslarga qo‘shimcha taqsimlab o‘tilishi tavsiya etiladi, deyiladi vazirlik xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xalq ta’limi vazirligi: 20 martdagi dars soatlari bahorgi ta’tildan so‘ng o‘tiladi