Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Evropada yashovchi turkiyaliklarni besh nafar farzand ko‘rishga chaqirdi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.
Ta’kidlanishicha, bu Turkiyada to‘g‘ri deb hisoblanadigan raqamdan ikkitaga ko‘proq degani. Prezident so‘zlariga ko‘ra, turklar “Evropaning kelajagi” bo‘lib, shuning uchun ular Evropa mintaqasida o‘z sonini ko‘paytirishi kerak ekan.
“Men Evropadagi fuqarolarimiz, o‘z aka-uka va opa-singillarimga uchta emas, balki beshta farzandga ega bo‘ling deyman”, - dedi u.
Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, Evropa endilikda ularning vatani va ular o‘sha erda rivojlanishi kerak. “Biznes-loyihalar oching, farzandlaringizni eng yaxshi maktablarga bering, oilangiz eng yaxshi tumanda yashashi uchun harakat qiling, eng yaxshi mashinalarni haydang va eng go‘zal uylarda istiqomat qiling”, - deya qo‘shimcha qildi prezident.
Turkiya prezidentining aniqlik kiritishicha, bularning bari turklar “Evropaning kelajagi” bo‘lgani uchun qilinishi kerak. “Bu ularning sizga nisbatan adolatsiz munosabatiga eng yaxshi javob bo‘ladi”, - deya ta’kidlab o‘tdi Erdo‘g‘an.
Ma’lumot uchun, Erdo‘g‘an Evropa mamlakatlari, jumladan Germaniya va Niderlandiya bilan, bu davlatlarda Turkiyaning bir necha siyosiy aksiyalari bekor qilingach, diplomatik mojaroga kirishdi. Turkiya rahbari shu sababdan Evropa davlatlarini “nasistlar” va “fashistlar” ekanida aybladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?