900dan ortiq tangani yutib yuborgan dengiz toshbaqasi o‘ldi

  • 21 mart 2017, 15:31
  • 5 123
  • Jamiyat
  • 900dan ortiq tangani yutib yuborgan dengiz toshbaqasi o‘ldi
    Bangkokdagi Chulalongkorn universiteti veterinarlari mart oyi boshida oshqozonidan 900dan ortiq tangalar chiqarib olingan dengiz toshbaqasini qutqarib qola olishmadi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

    Universitetning veterinariya fakulteti o‘qituvchisi Nantarika Chansaning so‘zlariga ko‘ra, toshbaqaning ahvoli taxminan bir hafta avval yomonlasha boshlagan. Fakultet xodimlari yana jarrohlik amaliyotini o‘tkazishgan, sababi toshbaqa oshqozonining bir qismi ishlashdan to‘xtagan. "Afsuski, barcha sa’y-harakatlar besamar ketdi", - dedi Nantarika Chansa.

    25 yoshga to‘lgan toshbaqa oshqozonidan dunyoning o‘nlab davlatlarida chiqarilgan 915ta tanga topilganidan so‘ng mashhur bo‘lib ketdi. Reptiliya Bangkokdagi Chulalongkorn universitetiga taxminan bir oy avval tailandlik harbiy dengizchilar tomonidan olib kelindi, ularni jonivorni Chonburi viloyatidagi suv to‘g‘onidan topishgan. Toshbaqa kasal bo‘lgan.

    Kompyuter tomografiyasining ko‘rsatishicha, uning ichida hajmi taxminan 20-25 sm bo‘lgan ko‘plab tangalar bo‘lgan.

    Jarrohlik amaliyotidan so‘ng toshbaqa dengiz suvi bilan to‘ldirilgan universitet hovuziga joylashtirildi, ammo keyinchalik ahvoli og‘irlasha boshladi.

    Ma’lumot uchun, toshbaqa tomonidan yutib yuborilgan tangalar suvga sayyohlar tomonidan tashlangan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » 900dan ortiq tangani yutib yuborgan dengiz toshbaqasi o‘ldi