Qora dengiz tubida noyob qadimiy kema topildi

  • 28 may 2015, 23:28
  • 8 542
  • Jamiyat
  • Qora dengiz tubida noyob qadimiy kema topildi

    Sevastopol yaqinida Qora dengiz tubida, 82 metr chuqurlikda Vizantiya zamonlariga oid uzunligi 125 metr keladigan qadimiy kema topildi, deb yozadi Kun.uz.

    “Kema “Rostov-dayv” suvosti tadqiqotlari klubi a’zolari tomonidan topildi. Ular tomonidan o‘z vaqtida muhim ahamiyatga ega ko‘plab arxeologik topilmalar aniqlangan. Bu yangi topilma, taxmin qilinishicha, oxirgi yuzliklarda topilgan eng yirik topilma bo‘ldi”, deb xabar bermoqda Janubiy harbiy okrug matbuot xizmati.

    Olimlar hozircha kema nima sabablarga ko‘ra suv tubiga ketganini aniq aytisha olishmayapti.

    Maxsus kemalar ekipajlari va Qora dengiz harbiy-dengiz floti qidiruv-qutqaruv ishlari boshqarmasi mutaxassislari dayverlar bilan birgalikda kema yotgan hududni tekshirib chiqishdi. Kema bortida yuzlab amforalar (qadimiy ko‘za idishlar) topildi.

    10 iyunda kema topilgan hududda bir necha yilga mo‘ljallangan katta miqyosdagi ekspedisiya o‘z ishini boshlaydi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Qora dengiz tubida noyob qadimiy kema topildi