Fransiya ichki ishlar vazirligiga yangi rahbar tayinlandi

  • 22 mart 2017, 10:59
  • 3 686
  • Jamiyat
  • Fransiya ichki ishlar vazirligiga yangi rahbar tayinlandi
    Fransiya ichki ishlar vaziri Bryuno Le Ru iste’foga ketgach, uning o‘rniga 39 yoshli Mattias Fekl vazir etib tayinlandi. Bu haqda Elisey saroyi matbuot xizmatiga tayanib Kun.uz yozmoqda. Ushbu tayinlovni Fransiya prezident Fransua Olland imzoladi.

    "Bosh vazir taklifiga ko‘ra, prezident Bryuno Le Runing vakolatlarini tugatdi va uning o‘rniga Mattias Feklni tayinladi", deb ma’lum qilindi xabarda.

    Yangi vazir bungacha Fransiyaning tashqi savdo va sayyohlikni rivojlantirish ishlari bo‘yicha davlat kotibi lavozimini egallab kelgan.

    Le Ru Milliy yig‘ilish deputati bo‘lib ishlab yurgan kezlarda maktabda o‘qiydigan ikki balog‘atga etmagan qizini o‘zi ishlaydigan joyga ishga joylashtirib qo‘ygani ma’lum bo‘lgandan keyin 21 mart kuni iste’foga ketishga qaror qildi. O‘shanda uning qizlari 15 va 16 yoshda bo‘lganlar.

    Le Ru Fransiya ichki ishlar vaziri lavozimini 3,5 oy oldin egallagandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Fransiya ichki ishlar vazirligiga yangi rahbar tayinlandi