Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan barcha tuman-shahar Ichki ishlar bo‘limlari va Yo‘l patrul xizmati maskanlariga “Axborot integrallashgan bazasi” o‘rnatildi. Ushbu bazani o‘rnatilishi xodimlarga bir qator yengilliklar olib kelmoqda. Bu haqda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi vakillariga tayanib Kun.uz ma’lum qildi.
Baza jinoyat sodir etganligi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, Toshkent shahar IIB va boshqa viloyatlar IIBlari tomonidan qidiruvga e’lon qilinib, Sirdaryo viloyati hududida yashirinib yurgan shaxslarni aniqlashda yordam bermoqda.
Sirdaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan ushbu zamonaviy texnologiyadan foydalanib olib borilgan tadbirlar natijasida Surxondaryo viloyati IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan 2 nafar, Samarqand viloyati IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan 1 nafar, Toshkent shahar IIBB tomonidan qidiruvda bo‘lgan 1 nafar, Toshkent viloyati IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan 1 nafar, Jizzax viloyati IIB tomonidan qidiruvda bo‘lgan 1 nafar shaxs Sirdaryo viloyati hududida ushlandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi