Toshkentda notarial idora xodimlari jazoga tortildi

  • 22 mart 2017, 17:05
  • 5 442
  • Jamiyat
  • Toshkentda notarial idora xodimlari jazoga tortildi
    Toshkent shahar Sergeli tumani 2-son davlat notarial idorasi xodimining noqonuniy xatti-harakatlaridan norozi bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining “Ishonch telefoni”ga qilingan murojaat Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganildi, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

    O‘rganishda Sergeli tumani 2-son davlat notarial idorasining notarius kotibasi o‘z vakolati doirasidan chetga chiqqan holda, fuqarolarga xizmat ko‘rsatib, fuqarolarni qabul qilishda xizmat vazifasiga sustkashlik bilan yondashib, o‘z vazifasini bajarmasdan, fuqaroga nisbatan mas’uliyatsizlik bilan xizmat ko‘rsatib, fuqaroni “Ishonch telefoni”ga qo‘ng‘iroq qilishiga sharoit yaratganligi aniqlangan.

    Sergeli tumani 2-son davlat notarial idorasining notariusi o‘z xizmat vazifasiga loqaydlik bilan munosabatda bo‘lganligi hamda mehnat va ijro intizomiga rioya qilmaganligi uchun Sergeli tumani 2-son davlat notarial idorasining notariusi va notarius kotibasiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181-moddasi asosan intizomiy jazo chorasi ko‘llanildi.

    Toshkent shahar adliya boshqarmasi fuqarolardan Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan Yagona darcha markazlari, Davlat notarial idoralari hamda FHDYo organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan 262-92-42 “Ishonch telefoni”ga murojaat qilishlarini so‘raydi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Toshkentda notarial idora xodimlari jazoga tortildi