18:21 / 22.03.2017
11 401

O‘zbekistondan 131 ming dollar olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

O‘zbekistondan 131 ming dollar olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi
Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari Zangiota tumanida xorijga noqonuniy tarzda valyuta olib chiqib ketishga ixtisoslashgan jinoiy guruh a’zolaridan birini qo‘lga olishdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston'ga tayanib Kun.uz xabar berdi.

"47 yoshli Ulfatbek Hojibekov toshkentlik fuqarodan 131,4 ming dollar pulni olayotganida tezkor xodimlar tomonidan ushlandi. Jinoiy guruh a’zolari bu pullarni Zangiota tumanidagi aylanma yo‘llar orqali Qozog‘istonga olib chiqib ketishni rejalashtirishgan", — degan MXX vakili.

Xabarda aytilishicha, tezkor-surishtiruv tadbirlari natijasida Janubiy Qozog‘iston viloyatining Sariog‘och tumanida yashovchi 40 yoshli Tofik Ahmedov va 42 yoshli Karim Ahmedovlar ham guruh a’zolari bo‘lgani aniqlangan.

“Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 182-moddasi (Bojxona qonunchiligining buzilishi") bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi”, - deyiladi xabarda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistondan 131 ming dollar olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi