12:34 / 24.03.2017
9 178

Yaponiyada parranda grippi xavfi sabab 300 mingga yaqin tovuq yo‘q qilinadi

Yaponiyada parranda grippi xavfi sabab 300 mingga yaqin tovuq yo‘q qilinadi
Yaponiyaning ikkita prefekturasida parranda grippi xavfi tufayli deyarli 300 mingta tovuqni yo‘q qilishga to‘g‘ri kelmoqda, deb yozadi Kun.uz nashri.

Prefekturalardan birida joylashgan tovuqchilik fermasida bir kechaning o‘zidayoq 96 ta tovuq nobud bo‘lgan. Olib borilgan tadqiqotlar mazkur jonivorlarda parranda grippining N5 turi kuzatilganini ko‘rsatgan. Shu sabab fermada uch kun ichida 220 ming tovuqni yo‘q qilishga to‘g‘ri keladi. Yordamga mudofaa kuchlari jalb etilgan.

Tokio yaqinida joylashgan Tiba prefekturasida ham ana shunday voqea kuzatilgan. Bu erda 68 mingta tovuq yo‘q qilishi rejalashtirilgan.

Ushbu ikkita prefektura yo‘llarida nazorat punktlari o‘rnatilgan. Ular dezinfeksiya ishlari bilan shug‘ullanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Yaponiyada parranda grippi xavfi sabab 300 mingga yaqin tovuq yo‘q qilinadi