22:08 / 24.03.2017
8 832

Argentinalik ayol ikki boshli jonzotni hovlisida uchratib qoldi (video)

Argentinalik ayol ikki boshli jonzotni hovlisida uchratib qoldi (video)
Argentinaning Santa Fe provinsiyasida yashovchi Lujan Eroles o‘z hovlisida ikki boshli jonzotni uchratib qoldi. U mazkur jonivorning videosini internetga joyladi. Bu esa tarmoq foydalanuvchilarining turli munosabatlariga sabab bo‘ldi, deb yozadi Kun.uz.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, bu jonzotning hajmi deyarli 10 sm. bo‘lib, xatti-harakatlaridan ilonga o‘xshab ketadi, ammo boshi ikkita. Uni topib olgan argentinalik ayolning fikricha, u mutant bo‘lishi mumkin.

Uning bu fikriga ko‘pchilik biologlar qo‘shilmagan. Ularning ma’lum qilishicha, bu jonzot kapalak qurti (Deilephila elpenor). Bu kapalakning qanotlari 5-7 sm. ga etadi. Uning qurti esa 8.5 sm. gacha hajmga ega bo‘lishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Argentinalik ayol ikki boshli jonzotni hovlisida uchratib qoldi (video)