10:14 / 25.03.2017
6 731

Andijonda sportchi qizlarga Prezident sovg‘alari topshirildi

Andijonda sportchi qizlarga Prezident sovg‘alari topshirildi
Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar gimnastika maktabida sportchi qizlarga Prezident sovg‘asi – sport liboslari topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Viloyat hokimligi, O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi viloyat filiali vakillari, yosh sportchi qizlar va ularning ota-onalari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimizda sport, xususan, bolalar sportini rivojlantirish, iste’dodli yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

– Navro‘zi ayyom nishonlanayotgan shu kunlarda umumta’lim maktablari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlarining sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan 15 ming 650 o‘quvchisiga 463 million so‘mlik sport kiyimlari topshirildi, – deydi O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi Andijon viloyati filiali rahbari Ne’matullo Abdurahmonov. – Bunday e’tibor ularni sportda yuksak marralarga erishishga undaydi.

Tadbirda 300 dan ziyod sportchi qizga Prezident sovg‘asi – sport liboslari topshirildi.

Prezident sovg‘alarini topshirishga bag‘ishlangan tadbirlar viloyatning barcha tuman va shaharlarida bo‘lib o‘tdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda sportchi qizlarga Prezident sovg‘alari topshirildi