15:20 / 25.03.2017
5 135

Eh Kokorin, maydon tashqarisida ham qizil kartochkami?

Eh Kokorin, maydon tashqarisida ham qizil kartochkami?
Rossiya terma jamoasi futbolchisi Aleksandr Kokorin qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlangani uchun 4 oyga avtomashinani boshqarishdan mahrum bo‘ldi. Bu haqda "Zenit" klubi hujumchisining advokati ma’lum qildi.

Uning aytishicha futbolchi atayin qoidani buzishga harakat qilmagan, yo‘l chizig‘ining o‘chib ketishi oqibatida bilmasdan qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan. Futbolchining o‘zi Moskvada bo‘lib o‘tgan sud zaliga kelmagan.
Moskva sudi ishni ko‘rib chiqib Aleksandr Kokorinni 4 oy muddatga avtomashina boshqarish huquqidan mahrum etdi. Endi futbolchi 4 oy davomida avtomashina ruliga o‘tira olmaydi.

Ish materiallari shuni ko‘rsatmoqdaki, 2017 yil 25 fevral kuni tunda Kokorin Moskva markazidagi ko‘chada o‘zining Bentley rusumli avtomashinasi bilan yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishida harakatlangan.

Futbolchini polisiyachilar to‘xtatgan va unga RF sining KoAP 4-qismi 12.15-moddasiga asosan qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanib yo‘l qoidasini buzgani uchun bayonnoma tuzilgan. Unga ko‘ra qoidabuzar 5.0 ming rubl jarima to‘lashi yoki 4 oydan 6 oygacha avtomashinani boshqarish huquqidan mahrum qilinishi kerak.

Amaldagi tartibga ko‘ra qoidabuzar Davlat yo‘l harakatini tartibga solish boshqarmasiga tashrif buyurishi, inspektor esa qoidabuzarga jarima tayinlashi yoki ishni sudga jo‘natishi kerak.

Futbolchining oldin sodir etgan qoidabuzarliklarini hisobga olib inspektorlar ishni ko‘rib chiqish uchun materiallarni sudga taqdim qilishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Eh Kokorin, maydon tashqarisida ham qizil kartochkami?