18:14 / 25.03.2017
8 494

Dunyoning eng buyuk etakchilari reytingi taqdim etildi

Fortune jurnali dunyoni o‘zgartiruvchi va boshqalarga ham ilhom bag‘ishlovchi "Dunyoning eng buyuk etakchilari" reytingini taqdim etdi. Ularning orasidan siyosatchilar, ishbilarmonlar, san’at arboblari va filantroplar o‘rin olgan, deb yozadi Kun.uz nashri.

Top-50 ro‘yxatining birinchi o‘rni "Chikago Kabs" beysbol klubi rahbari Teo Epsteynga nasib etdi. Ikkinchi o‘ringa "Ali Express" internet-do‘koni yaratuvchisi Jek Ma munosib ko‘rildi. Uchinchi pog‘onani esa Rim papasi Frasisk egalladi.
Dunyoning eng buyuk etakchilari reytingi taqdim etildi


Bill Geytsning turmush o‘rtog‘i Melinda Geyts mazkur ro‘yxatning 4-pog‘onasini band etdi. 5- va 6-o‘rinlar esa amerikalik ishbilarmon va milliarder Jeff Bezos hamda rejissyor va dramaturg Ava DyuVerneyga nasib etdi.

Shuningdek o‘nlikdan AQSh milliy xavfsizlik vakili H.R.Makmaster, Ilg‘or demokratik partiya raisi Say Ing-Uen, respublikachi-siyosatchi Jon MakKeyn va Germaniya kansleri Angela Merkel joy olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Dunyoning eng buyuk etakchilari reytingi taqdim etildi